AQShning NASA agentligi kosmik dasturlar bo‘yicha yangi rejani e’lon qildi. Unga ko‘ra, kelgusi yetti yil ichida Oy yuzasida baza qurish uchun $20 mlrd ajratiladi.
Agentlik shu bilan birga Marsga uchish uchun yangi kosmik kema ustida ham ishlamoqda. U Space Reactor-1 Freedom deb nomlanadi va yadro energiyasi asosida ishlaydi.
Yangi strategiya doirasida Oy orbitasida qurilishi rejalashtirilgan Gateway stansiyasi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Endilikda uning ayrim qismlari to‘g‘ridan to‘g‘ri Oy yuzasida foydalaniladi. Loyiha Artemis dasturi doirasida amalga oshiriladi. Rejaga ko‘ra, 2028-yilgacha yana Oyga odam yuborish, 2030-yilgacha esa doimiy baza yaratish maqsad qilingan.
Yangi baza uch bosqichda quriladi. Dastlab Oyga parvozlarni ko‘paytirish va infratuzilma texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Keyingi bosqichlarda esa qo‘nish apparatlari, roverlar va energiya tizimlari yaratiladi.
Shu bilan birga, loyiha xarajatlari va kechikishlar ham tanqid qilinmoqda. Hisobotlarga ko‘ra, Artemis dasturiga 2025-yilgacha $93 mlrd sarflangan.
Qaynoq24.uz NASA’ning yangi rahbari tasdiqlangani haqida yozgan edi.

