NATO bosh kotibi Mark Ryutte Yevropa Ittifoqi tarkibida yagona harbiy kuch – umumiy Yevropa armiyasini yaratish taklifini qo‘llab-quvvatlamadi. Bu haqda Die Abendzeitung nashri xabar berdi.
Ryuttening aytishicha, bunday tashabbus NATO doirasidagi hamkorlik tamoyillariga zid bo‘lishi mumkin. U taklif Yevroparlament a’zolari tomonidan ilgari surilgani, bunda AQSh kelajakda Yevropa ittifoqchilarini qo‘llamay qolishi ehtimoli tilga olingani haqida eslatdi.
Unga qadar “Yevropa xalq partiyasi” fraksiyasi rahbari Manfred Veber Ukrainada Yevropa bayrog‘i ostida yagona harbiy kontingent joylashtirish g‘oyasini ilgari surgan edi. Rasmiy NATO esa bu tashabbusni ma’qullamadi.
Qaynoq24.uz Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 90 milliard yevrolik kredit bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.

