Navoiy davlat universitetning mansabdor xodimi pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi mazkur ta’lim muassasasining o‘quv xonalarini ta’mirlab bergan mas’uliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan 189 million so‘m mablag‘ni MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 35 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud tomonidan unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs muqaddam ham sudlangan bo‘lib, shunga qaramay, o‘z xatti-harakatlaridan tegishli xulosa chiqarmagan.
Qaynoq24.uz odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangan shaxslar ushlabgani haqida yozgan edi.

