O‘zbekistonlik mashhur xonanda Nilufar Usmonova bolaligiga oid qiziqarli xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. U bu haqda “Navo” telekanalida gapirgan.
San’atkorning aytishicha, bolaligida tez-tez qo‘shnilarnikiga borib ovqatlangan. Bunga sabab ularning uyida mazali taomlar ko‘p bo‘lgani bo‘lgan.
“Uyimizda asosan onam uchun parhez taomlar tayyorlanardi. Ismaloq, guruch va salatlar ko‘p bo‘lardi. Menga esa somsa, lag‘mon va norin yoqardi. Shu sabab qo‘shnilarnikida dasturxon boyroq tuyulardi”, dedi u.
Xonanda bolalar o‘rtasida o‘ziga xos signal ham bo‘lganini esladi. Eshik taqillasa, bu “tashqariga chiq” yoki “ovqat tayyor” degani bo‘lgan. U esa darrov qo‘shnilarnikiga yugurgan. Nilufar Usmonova avval buvisi bilan Marg‘ilonda yashaganini ham aytdi. O‘sha paytda issiq non va sut bilan ovqatlanib, to‘laroq bola bo‘lganini esladi.
“Onam ‘sho‘rvamni ichdingmi?’ deb so‘rardi. Men esa ‘ha’ derdim. Albatta, u hammasini bilardi va men allaqachon qo‘shnilarnikida ovqatlangan bo‘lganimni tushunardi”, degan xonanda.
Qaynoq24.uz aktrisa Yulduz Rajabova turmush va karyerasi haqida gapirgani haqida yozgan edi.

