Noqulay ob-havo sharoitlari sabab 8-yanvar kuni ayrim ichki reyslar majburiy ravishda bekor qilinadi. Bu haqda Silk Avia aviakompaniyasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent — Farg‘ona — Toshkent yo‘nalishidagi UH-401/402 reyslari hamda Toshkent — Namangan — Toshkent yo‘nalishidagi UH-501/502 reyslari amalga oshirilmaydi.
Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilariga yaqin sanalardagi mavjud reyslarga qayta bron qilish yoki aviachipta qiymatini to‘liq qaytarish imkoniyati taqdim etiladi.
Qaynoq24.uz Toshkent aeroportida elektr ta’minotida qisqa uzilish qayd etilgani haqida yozgan edi.

