2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 69,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Norasmiy sektorning umumiy qurilish hajmidagi ulushi 25,5 foizni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich sohada norasmiy faoliyatning yuqori darajada saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Yillar kesimida norasmiy sektor bajargan qurilish ishlari hajmi barqaror o‘sib borgan. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 18,5 trln so‘mni tashkil etgan.
2022-yilda hajm 20,9 trln so‘mga yetgan. 2023-yilda esa 25,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
2024-yilda keskin o‘sish qayd etilib, ko‘rsatkich 61,2 trln so‘mni tashkil qilgan. 2025-yilda esa bu raqam 69,9 trln so‘mga yetdi.
Qaynoq24.uz nashri oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda Toshkent shahri yetakchi bo‘lgani haqida yozgan edi.

