Nyu-Yorkning yangi meri Zoran Mamdani yosh jurnalist bilan suhbatda Bruklindagi “Toshkent” restoranida o‘zbek mantisini tatib ko‘rganini aytib, uni boshqalarga ham tavsiya qildi. Intervyu videosi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot markazi tomonidan e’lon qilindi.
Mer o‘zbek mantisini eng yaxshi uchta taom qatoriga qo‘shgan.
4-noyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tgan saylovlarda 34 yoshli Zoran Mamdani Demokratik partiya nomzodi sifatida g‘alaba qozondi. U sobiq gubernator Endryu Kuomo va respublikachi Kertis Slivani ortda qoldirdi.
Zoran Mamdani Nyu-York tarixida so‘nggi yuz yil ichida eng yosh mer bo‘ldi. Shuningdek, u AQShning eng yirik megapolisiga rahbarlik qilgan birinchi musulmon va Janubiy Osiyodan chiqqan birinchi siyosatchi sifatida tarixga kirdi.
Avvalroqa Qaynoq24.uz nashri London kemalarga qilingan hujum sabab AQSh bilan ma’lumot almashishni to‘xtatgani haqida yozgan edi.

