Ochiq maydonlarda vaqtinchalik inshootlar o‘rnatish tartibi belgilandi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda ochiq maydonlarda o‘rnatiladigan vaqtinchalik inshootlar bo‘yicha yangi tartib joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, bunday inshootlar faqat malakali mutaxassislar tomonidan va loyiha hujjatlari asosida qurilishi kerak. Ular shamol, yomg‘ir va zilzila kabi omillarga bardosh bera oladigan darajada mustahkam bo‘lishi shart.

Hujjatda inshoot ichidagi yo‘laklarga ham aniq talablar qo‘yilgan. Agar yo‘lak uzunligi 30 metrdan oshsa, uning kengligi kamida 1,6 metr bo‘lishi kerak. 30 metrdan qisqa yo‘laklar uchun esa bu ko‘rsatkich 1,2 metr etib belgilangan.

Odamlar o‘tiradigan qatorlar bo‘yicha ham cheklovlar joriy etildi. Bir tomondan chiqish bo‘lgan qatorlarda ham, ikki tomondan chiqish bo‘lgan qatorlarda ham o‘rindiqlar soni 50 tadan oshmasligi kerak. Qatorlar orasidagi masofa 0,45 metrdan oshmasligi, yo‘lak kengligi esa kamida 0,9 metr bo‘lishi lozim.

Shuningdek, inshootlarda ishlatiladigan materiallar xavfsizlik talablariga mos bo‘lishi shart. Metall qismlar zanglashga qarshi, yog‘och elementlar esa yong‘inga qarshi ishlovdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Barcha vaqtinchalik inshootlarda xavfsizlik belgilarini o‘rnatish majburiy etib belgilandi. Jumladan, “Elektr xavfi” yoki “Evakuatsiya yo‘li” kabi ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi shart.

Eng muhim talab — evakuatsiya yo‘llari mavjudligi. Inshootlarda odamlar uchun xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratilishi va favqulodda vaziyatlarda tez chiqib ketish imkoniyati ta’minlanishi lozim.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda binolar zilzila bardoshligini ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar joriy etilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.