Ohangaronda 9 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Telegram kanallar
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Joriy yil 16-oktabr kuni Ohangaron tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinoyat bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Aziz Abidov ma’lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudida M.T. (1994-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ilgari sudlangan)ga oid ish yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud materiallariga ko‘ra, M.T. 2016-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.X.ga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda aybli deb topilgan. Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismiga muvofiq unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sud shuningdek, M.T.ni Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandi asosida o‘ta xavfli retsidivist deb topdi.

Sud hukmiga binoan, mahkum jazoning dastlabki ikki yilini turmada, qolgan qismini maxsus tartibli koloniyada o‘taydi. Ish Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi talablari asosida yopiq tarzda ko‘rib chiqilgani ma’lum qilindi.

Birlamchi instansiya sudi hukmiga nisbatan tomonlar belgilangan tartibda Toshkent viloyat sudi apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga shikoyat qilish huquqiga ega ekani ta’kidlandi.

Qaynoq24.uz Chiroqchi tumanida noqonuniy dorixona fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.