Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar olgan vaqtda ushlandi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

U Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy ta’lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga universitetning mansabdor shaxsidan 100 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda vazirlikning etakchi mutaxassisini so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlashgan.

Holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Andijonda ishga joylashtirish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.