Oltin narxi yangi tarixiy rekordni yangiladi. 20-yanvar kuni COMEX birjasida fevral oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslari bir unsiya uchun 4,7 ming dollardan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Avvalgi rekord 14-yanvar kuni o‘rnatilgan bo‘lib, u 4,6 ming dollarni tashkil etgan edi. Shundan so‘ng narxlar o‘sishni davom ettirdi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, oltin 2024-yildan buyon barqaror qimmatlashmoqda. Global geosiyosiy keskinlik fonida investorlar oltinni himoya aktiv sifatida ko‘rmoqda.
Tahlilchilar Goldman Sachs va Bank of America joriy yil davomida oltin narxi $5 mingdan ham oshishi mumkinligini prognoz qilmoqda.
Qaynoq24.uz 20-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

