OnePlus kompaniyasi Xitoyda yangi Turbo 6 seriyasini rasman taqdim etdi. Seriya tarkibiga OnePlus Turbo 6 va Turbo 6V modellar kiradi. Ularning asosiy jihati — 9 000 mA/soat sig‘imga ega yirik batareya bo‘ldi.
OnePlus Turbo 6 modeli 6,78 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekran 1.5K aniqlik, 165 Gts yangilanish chastotasi va Crystal Shield himoya oynasiga ega. Qurilma Snapdragon 8s Gen 4 protsessori, 16 GB gacha LPDDR5X tezkor xotira va 512 GB UFS 4.1 doimiy xotira bilan taklif etilmoqda.
Smartfon 80 Vt tezkor simli quvvatlash va 27 Vt teskari quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera qismi 50 MP asosiy va 2 MP monoxrom datchikdan iborat. Old kamera 16 MP. Qurilma Android 16 asosidagi ColorOS 16 tizimida ishlaydi.
OnePlus Turbo 6V esa biroz soddalashtirilgan texnik imkoniyatlarga ega. U Snapdragon 7s Gen 4 chipi, 12 GB gacha LPDDR4X tezkor xotira va 512 GB UFS 3.1 xotira bilan taqdim etildi. Biroq batareya sig‘imi Turbo 6 bilan bir xil — 9 000 mA/soat.
Turbo 6V modeli ham 6,78 dyuymli AMOLED ekran, 144 Gts yangilanish chastotasi va 50 MP asosiy kamera bilan jihozlangan. Har ikkala qurilma IP66, IP68, IP69 va IP69K himoya standartlariga mos keladi.
OnePlus Turbo 6 Xitoy bozorida 2 299 yuandan, Turbo 6V esa 1 899 yuandan sotuvga chiqdi. Dastlabki savdolar 2026-yil 9-yanvardan boshlanishi rejalashtirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Turbo 6 global bozorda OnePlus Nord 6 nomi ostida taqdim etilishi mumkin.
Qaynoq24.uz eng yaxshi Xitoy smartfonlari haqida yozgan edi.

