Oppo Find X9s Pro qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

Foto: Texno.org
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Xitoyda Oppo’ning yangi flagman Oppo Find X9s Pro modeli muhim sertifikatdan o‘tdi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi. Qurilma Xitoyning SRRC idorasi tomonidan tasdiqlandi.

Model PME110 raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan smartfon simsiz va radioaloqa funksiyalari bo‘yicha ruxsat oldi. Biroq qurilma sotuvga chiqishi uchun hali 3C va TENAA sertifikatlarini ham olishi kerak.

Avvalroq u Find X9s deb atalishi mumkinligi aytilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon Xitoy bozorida Find X9s Pro nomi bilan sotuvga chiqadi. Global taqdimot esa yilning ikkinchi choragiga rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Find X9s Pro 6,32 dyuymli OLED LTPS ekran bilan jihozlanadi. Displey 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini taklif qiladi.

Asosiy e’tibor kameraga qaratilgan. Smartfon ixcham korpusda 200 MP’lik ikkita kamera bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Qurilma Dimensity 9500 protsessori bilan ishlashi kutilmoqda. Batareya sig‘imi taxminan 7 000 mA·soat bo‘lishi aytilmoqda. Zaryadlash quvvati 80 Vt simli va 50 Vt simsiz formatda taqdim etiladi.

Qaynoq24.uz Oppo Reno15 va Reno15 Pro sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.