Oppo Reno15 va Reno15 Pro sotuvga chiqdi

Foto: Gizmochina
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Oppo kompaniyasi tomonidan Xitoyda Oppo Reno15 seriyasi rasmiy ravishda sotuvga chiqarildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Kompaniya bu safar kuchli kamera va katta sig‘imli batareyani asosiy afzallik sifatida ko‘rsatmoqda. Dastlabki xaridorlar uchun kichik chegirma ham taqdim etildi. 12+256 GB xotirali Reno15 narxi 422 dollardan 410 dollarga tushdi.

Reno15 kompakt ko‘rinishda bo‘lsa-da, 6,32 dyuymli tekis ekran va 6200 mA/soat batareyaga ega. Korpus unibody texnologiyasi asosida sovuq o‘yma shisha bilan ishlangan. Ranglar qatori Honey Gold, Canelé Brown va Aurora Blue ko‘rinishida.

Ikkala modelda ham joylashgan 200 MP 1/1.56 o‘lchamdagi asosiy kamera diqqatni tortadi. Bundan tashqari, 50 MP 3,5x telefoto, 50 MP ultra-keng, hamda old tomonda 50 MP selfi kamerasi bor. Qurilmalarda MediaTek Dimensity 8450 protsessori ishlatiladi. Quvvatlash maksimal 80 Vt.

Reno15 Pro modeli katta 6,78 dyuymli ekran, 6500 mA·soat batareya va 50 Vt simsiz quvvatlash bilan farqlanadi. Unda “bypass charging” funksiyasi ham bor. Bu rejimda telefon to‘g‘ridan-to‘g‘ri adapterdan ishlaydi, bu esa ayniqsa o‘yin vaqtida qulay.

Reno15’ning eng qimmat varianti 16 GB + 1 TB bo‘lib, narxi 560 dollar Reno15 Pro esa 675 dollargacha chiqadi. Qurilmalar Oppo kompanioyasining rasmiy do‘koni va yirik online savdo platformalarida allaqachon sotuvda mavjud.

Xitoydan tashqari bozorlar uchun Reno15 seriyasi taxminan kelasi yil fevral oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Biroq global versiyada ekran o‘lchami va protsessor kabi bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi aytilmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri iPhone Air eski texnologiya bilan yaratilgani aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.