Oqdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Departament xabar bermoqda.
Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro U.G. fuqaro M.X.ga 45 gramm “Mefedron” giyohvandlik moddasini 5 800 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda ilgari sudlangan fuqaro N.X. qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan. U 105 dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan “Nervismart-450” nomli dori vositasini fuqaro Sh.A.ga 500 AQSh dollariga sotayotgan paytda ushlangan. Tekshiruv davomida uning xonadonidan yana 29 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz 30 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi musodara qilingani haqida yozgan edi.

