Orban: Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordamni qayta ko‘rib chiqishi kerak

Foto: Eunews
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban AQSh tomonidan taklif etilgan Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi Yevropa Ittifoqi uchun keskin burilish nuqtasini yuzaga keltirganini aytdi. Uning fikricha, Bryussel Kiyevga ko‘mak masalasidagi yondashuvini qayta ko‘rib chiqishi kerak.

Orbanga ko‘ra, AQSh tinchlik bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan bir paytda, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen yana Ukrainaga ko‘proq mablag‘ topish bilan band.

Vengriya rahbari, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni tugatishga qat’iy bel bog‘laganini ta’kidladi.

“Agar u biror narsa niyat qilgan bo‘lsa, ortga qaytmaydi”, — dedi Orban.

Avvalroq Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ma’qullangani aytilayotgan 28 banddan iborat tinchlik rejasi haqida yozgan edi. Unga ko‘ra, rejada Ukraina NATOdan voz kechishi, Qrim, Donetsk va Luganskni Rossiyaniki sifatida tan olishi kabi talablar bor. Keyinchalik Axios portali e’lon qilgan ma’lumotlar ham shu bandlar bilan mos kelgani aytildi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQSh ma’muriyati Rossiya va Ukraina urushini tugatish uchun taklif etilgan yangi reja har ikki tomonga ham mos bo‘lishi kerakligini bildirgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.