O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

12-dekabr kuni Qirg‘izistonning tarixiy O‘sh shahrida buyuk shoir, davlat va jamoat arbobi, turkiy dunyo mutafakkiri Alisher Navoiy haykali tantanali ravishda ochildi. Mazkur tadbir Markaziy Osiyo xalqlari uchun umumiy bo‘lgan boy madaniy merosga bo‘lgan yuksak ehtiromni yana bir bor namoyon etdi.

Tantanali marosimda O‘sh shahri aholisi bilan bir qatorda yuqori martabali rasmiylar ham ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, O‘sh shahri meri Jenishbek Toktorboyev, Qirg‘iziston Prezidenti vakili Amanqan Kenchebayev hamda Qirg‘iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Askarali Madaminov marosimda qatnashdi.

Marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Alisher Navoiyni Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtiruvchi muhim ma’naviy ko‘prik sifatida ta’rifladi. Uning ta’kidlashicha, buyuk shoir o‘z asarlarida insonparvarlik, adolat, ilm-fan, donishmandlik va xalqiga sadoqat g‘oyalarini yuksak badiiy mahorat bilan ulug‘lagan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykalining o‘rnatilishi umumiy tarixiy xotira va madaniy merosga bo‘lgan hurmat ifodasi bo‘lib, qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi. Ushbu haykal yosh avlodni ilm, ezgulik va bunyodkorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim maskanga aylanishi qayd etildi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.