«Oskar» mukofotiga nominatsiyalari e’lon qilindi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Los-Anjelesda o’tadigan 98-chi «Oskar» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi. Bu haqda DW agentligi xabar bermoqda.

15-martda bo‘lib o‘tadigan marosimda «Eng yaxshi film» nominatsiyasida quyidagi filmlar da’vogarlik qilmoqda: «Bugoniya», «F1», «Frankenştayn», «Gamnet», «Marti ajoyib», «Jangda jang», «Sekret agent», «Sentimental qiymat», «Gunohkorlar» va «Poezd orzulari».

«Gunohkorlar» filmi rekord o‘rnatib, 16 nominatsiyaga ega bo‘ldi. Avvalgi rekord 14 nominatsiya bilan «Hammasi haqida» («All About Eve»), «Titanik» va «La-la Land» filmlariga tegishli edi.

Foto: «Gunohkorlar» filmidan

Shuningdek, birinchi marta «Eng yaxshi kasting» nominatsiyasi joriy etildi. Bu nominatsiyaga «Gamnet», «Marti ajoyib», «Jangda jang», «Sekret agent» va «Gunohkorlar» filmlari kiritildi.

Eng yaxshi rejissura nominatsiyasida Pol Tomas Anderson, Xloya Chjao, Rayan Kugler, Yoakim Trier va Josh Safdi da’vogar. Eng yaxshi erkak rollarida Timoti Shalame, Leonard Di Kaprio, Vagner Moira, Maykl B. Jordan va Itan Xouk ishtirok etgan. Ayollar orasida esa «Oskar» uchun Jessie Bakli, Rouz Birn, Renate Reynsve, Emma Stoun va Keyt Xadson kurashmoqda.

To‘liq nomzodlar ro‘yxatiga havola orqali tanishishingiz mumkin. Mukofotlarni topshirish marosimi 15-martda bo‘lib o‘tadi.

Qaynoq24.uz 2026-yilning eng qimmat konserti kimga tegishli ekanligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.