O‘zbekiston 2026-yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirishni rejalashtirmoqda. 3-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida ishlab chiqarish va eksportni oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish masalalari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
2026-yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirish uchun fermerlarni fosforli o‘g‘itlar bilan barqaror ta’minlash muhim. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilarga o‘z vaqtida sulfat kislotasi yetkazib berish va o‘g‘it xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratish belgilangan.
Ma’lum qilinishicha, 2030-yilga borib ishlab chiqarish hajmini ikki baravar oshirish, mineral o‘g‘itlar chiqarishni 1,5 barobarga ko‘paytirish va eksportni 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Hozirda sohada umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan 21 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Keyingi uch yilda esa qiymati 4,5 milliard dollarlik yangi loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.
Qaynoq24.uz qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi haqida yozgan edi.

