O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda

Foto: O‘FA
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etish uchun Dubay shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.

Turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Ucharshuvlar “Hazza bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Foto / O‘FA

Ma’lumot uchun, 13–18-noyabr kunlari Al Ain shahridagi Hazza bin Zayed stadioni Misr, Eron, O‘zbekiston va Kabo-Verde terma jamoalarini bir maydonda jamlaydi. Ushbu jamoalarning barchasi 2026-yilgi jahon chempionatiga yo‘l olgan va turnir FIFA xalqaro oynasida o‘tkaziladi. Bellashuvlarda asosiy tarkibdagi futbolchilar ishtirok etadi.

Turnir Windsunited tomonidan tashkil etilmoqda. Musobaqa Misrning Afrikaning milliy kubogiga, qolgan jamoalarning esa 2026-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarligi uchun muhim bosqich hisoblanadi.

Foto: O‘FA

Musobaqada jami to‘rtta o‘yin bo‘ladi. 13-noyabr kuni Eron Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi. 14-noyabr kuni Misr O‘zbekiston bilan o‘ynaydi. 17-noyabr uchinchi o‘rin uchun bahs, 18-noyabr esa final. Barcha o‘yinlar BAA vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Chipta savdosi Platinumlist platformasida ochilgan. Stadion hududida muxlislar uchun oilaviy ko‘ngilochar dasturlar tashkil etiladi.

Foto: O‘FA

Al Ain Investment Club bosh direktori Roshid Abdulla turnirning ahamiyatini ta’kidladi. Uning aytishicha, Hazza bin Zayed stadioni dunyodagi eng yaxshi arenalardan biri bo‘lib, Al Ain shahri ilg‘or infratuzilma sabab elita jamoalar uchun asosiy yo‘nalishga aylangan.

Windsunited kompaniyasi rahbari Andrea Ferran ham turnir yuqori saviyada o‘tishini, mashhur futbolchilar ishtirokini va barcha yoshlar uchun qo‘shimcha tadbirlar bo‘lishini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, delegatsiyalar 10-noyabr kuni BAAga kelishni boshlaydi.

Foto: O‘FA
Foto: O‘FA

Turnirda bir qator yulduz futbolchilar o‘ynaydi. Misr tarkibida Mohamed Salah, Omar Marmush va Rami Rabia bor. Eron hujum chizig‘iga Mehdi Taremi rahbarlik qiladi. O‘zbekiston terma jamoasi safida Abduqodir Husanov bor. Kabo-Verde esa tajribali hujumchi Ryan Mendes bilan kuchayadi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo Kubogi saralash bosqichlarida ishlashi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.