2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yil 1-dekabr bilan solishtirilganda qariyb 5,1 mlrd dollarga ko‘p.
Rasmiy zaxiralarning asosiy qismini oltin tashkil etmoqda. 2026-yil boshiga kelib oltin zaxiralari qiymati 55,1 mlrd dollarga yetdi. Oltinning sof hajmi 12,6 mln troya unsiyani tashkil qilgan. Bir oy ichida oltin narxining 4159,4 dollardan 4389,45 dollargacha oshishi zaxiralar o‘sishiga 2,9 mlrd dollar ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari ham o‘sishda davom etdi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, ularning hajmi 10,6 mlrd dollarga yetdi. Bunda naqd valyuta va depozitlar 9,1 mlrd dollarni, qimmatli qog‘ozlar esa 1,53 mlrd dollarni tashkil etdi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi maxsus qarz olish huquqlari hajmi 574,8 mln dollar darajasida saqlanib qoldi. Shu bilan birga, rasmiy zaxiralarga kiritilmagan xorijiy valyutadagi boshqa aktivlar 93,9 mln dollarga yetgani qayd etildi.
Qaynoq24.uz 9-yanvar kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

