O‘zbekiston tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Foto; Pexels / Jasmine Xie
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 27–30-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sabab tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi. Mutaxassislar ushbu kunlarda ayrim viloyatlarda qor ko‘chish ehtimoli yuqori bo‘lishini qayd etgan.

Xususan, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo va Uzun tumanlarida xavf darajasi oshishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand va Urgut hududlarida ham qor ko‘chishi ehtimoli mavjud.

Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida hamda Namangan viloyatining Pop tumanida ham qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan. Ushbu hududlarda yashovchi aholi, haydovchilar va sayyohlardan ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.

Mutasaddi idoralar tog‘li yo‘llarda harakatni cheklash, zarur bo‘lmagan safarlardan voz kechish hamda ob-havo ma’lumotlarini muntazam kuzatib borishni tavsiya qilmoqda.

Qaynoq24.uz 27-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.