O‘zbekiston U-17 jamoasi bosh murabbiyi klub futboliga o‘tmoqda

Foto: Ismoilov instagram sahifasi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlangach, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov lavozimidan ketib, klub futbolida faoliyat yuritishga qaror qildi.

Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli mutaxassis Farg‘ona “Neftchi” klubini boshqarishga yaqin turibdi va hozirgi murabbiy Vitaliy Levchenko o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, Levchenko klub bilan 2026-yil oxirigacha shartnomaga ega. Biroq manbalarga ko‘ra, u ehtimol “Neftchi”ni tark etib, Qozog‘iston yoki Ukraina jamoalaridan birini boshqarishi mumkin.

Qaynoq24.uz nashri Yangi Toshkent stadionini kimlar qurishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.