O‘zbekistonda 10 mingga yaqin chiqindi bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlandi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 2025-yil yanvardan noyabrgacha belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bo‘yicha qariyb 10 ming holat qayd etildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik huzuridagi ishchi guruh respublika bo‘ylab o‘rnatilgan IP-kameralar orqali doimiy kuzatuv olib bordi va 9817 ta qonunbuzarlikni aniqladi.

Huquqbuzarliklarning 3714 tasi transport vositalaridan chiqindi tashlash bilan bog‘liq bo‘ldi. Aniqlangan holatlarning 2232 tasi bo‘yicha jarima qo‘llanildi. Yana 7585 ta holat bo‘yicha hozirda choralar ko‘rilmoqda.

Eng ko‘p holatlar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan. Samarqand, Toshkent viloyati va Surxondaryoda ham chiqindini noqonuniy tashlash ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan. Ayrim hududlarda holatlar soni kam bo‘lsa-da, kuzatuv doimiy davom etayotgani aytiladi.

Jadval:

HududHolatlar soni
Andijon viloyati3001
Namangan viloyati2937
Farg‘ona viloyati1645
Samarqand viloyati981
Toshkent viloyati434
Surxondaryo viloyati250
Sirdaryo viloyati144
Toshkent shahri121
Xorazm viloyati117
Navoiy viloyati99
Qashqadaryo viloyati70
Jizzax viloyati16
Buxoro viloyati2

Jarima qo‘llangan 2232 ta holat bo‘yicha umumiy jarima miqdori 956 mln 887 ming so‘mni tashkil etdi.

Vazirlik onlayn kuzatuv kameralarining samaradorligini alohida qayd etib, ular nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va tezkor chora ko‘rish imkonini berayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Toshkentda chiqindilarni yig‘ish jarayoniga GPS nazorat joriy qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.