O‘zbekistonda 10-yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda. Respublika hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Toshkent shahrida shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Kechasi havo harorati 1 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi 12–14 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s, kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol ayrim hududlarda 18 m/s gacha kuchayadi. Kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida tuman kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo nisbatan iliq bo‘lib, kunduzi 13–18 darajagacha ko‘tariladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi sovuq saqlanadi, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 8-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

