Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 18,5 trillion so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 16,1 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, bu yerda 6,9 trillion so‘mlik rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Toshkent viloyatida ushbu ko‘rsatkich 4,2 trillion so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarish hajmi 1,9 trillion so‘mga, Samarqand viloyatida esa 1,3 trillion so‘mga yetgan.
Sirdaryo viloyatida 1 trillion so‘mlik, Andijon viloyatida 770,7 milliard so‘mlik, Namangan viloyatida esa 752 milliard so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan. Jizzax viloyatida bu ko‘rsatkich 463,1 milliard so‘mni, Navoiy viloyatida 369,5 milliard so‘mni, Buxoro viloyatida 318,8 milliard so‘mni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 198,1 milliard so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 172,8 milliard so‘mlik, Xorazm viloyatida 154,6 milliard so‘mlik va Surxondaryo viloyatida 103,4 milliard so‘mlik rezina hamda plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Qaynoq24.uz 2025-yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi olti foizga oshgani haqida yozgan edi.

