O‘zbekistonda soxta haydovchilik guvohnomalari bilan bog‘liq yirik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, qoidabuzarliklar respublikaning 7 viloyatida fosh etilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan ishga aloqador shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Tekshiruvlar davomida soxta guvohnoma olgan 455 nafar shaxs jami 1 305 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, 9 nafar fuqaro yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Ushbu hodisalar oqibatida 6 kishi tan jarohati olgan, yana 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Hozirda maxsus tezkor guruh tuzilgan. Tekshiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Qaynoq24.uz haydovchilik imtihonlari narxi qanchaga oshgani haqida yozgan edi.

