2025-yilda O‘zbekistonda 19,9 ming nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025-yil davomida mamlakatda jami 879,5 mingdan ortiq bola tug‘ilgan. Tug‘ilishlarning aksariyati bir farzandli holatlarga to‘g‘ri keladi. Bir homilali tug‘ilishlar soni 859 mingdan oshgan.
Shu bilan birga, yil davomida 558 ta holatda uch egizak va undan ko‘p bolalar tug‘ilgani qayd etilgan. Statistikada ko‘p homilali tug‘ilishlar ulushi past bo‘lsa-da, u barqaror saqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-yanvar 2026-yil holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 38,23 mln kishiga yetdi. Shundan 19,25 mln nafari erkaklar bo‘lsa, 18,97 mln nafari ayollardir.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda har daqiqada 2 nafar chaqaloq dunyoga kelishi haqida yozgan edi.

