O‘zbekiston hududida 21-noyabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, deyarli barcha hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda. Shamol asosan sharqdan esadi, harorat esa iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 4–6 daraja, kunduzi 16–18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan. Kechasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ochiq. Kechasi 0–5 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 2–7 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan. Kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 16–21 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 0–5 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq havo kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda esa havo biroz salqin. Kechasi 0–5 daraja, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘zbekistonda 20-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

