O‘zbekistonda aholining umr ko‘rish davomiyligi oshdi

Foto: Kamolov Shokhjakhon / Pexels
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda aholining umr ko‘rish davomiyligi oshdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va tibbiyot xodimlari uchrashuvida qayd etildi.

Erkaklar orasida bu ko‘rsatkich 71 yoshdan 73 yoshga, xotin-qizlar orasida esa 76 yoshdan 77,5 yoshga ko‘tarildi. Prezident bu yutuqni xalq bilan birga erishilgan katta muvaffaqiyat sifatida qayd etdi.

Tibbiyot tizimidagi o‘zgarishlarda 600 mingdan ortiq fidoyi shifokor va tibbiyot xodimlarining hissasi beqiyosligini alohida qayd etilgan.

Prezident aholi salomatligini yaxshilashda yaqindan ko‘mak berayotgan xorijiy hamkorlarga ham minnatdorlik bildirdi. Ular bilan hamkorlik tibbiyotning yangi bosqichga ko‘tarilayotgani bilan izohlandi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga pul mukofoti beriladi. Yangi davolash usulini joriy qilgan shifokorlar esa 21 mln so‘mdan mukofot oladi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ishlagan xodimlarga sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi. Ularning davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan farzandlari uchun bir yillik kontrakt summasiga 30 foiz chegirma taqdim etiladi.

Faoliyatida alohida natijaga erishgan 500 nafar xodimga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yillik tajribaga ega xodimlarga zarurat tug‘ilganda yiliga bir marta yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, xalqaro indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqola chop ettishga sarflangan xarajatlar to‘liq qoplab beriladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘tgan besh yilda oshqozon kasalliklari respublika bo‘yicha 1,5 barobar qisqargani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.