O‘zbekistonda aprel oyi Amir Temur oyi bo‘ladi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda aprel oyi endilikda har yili Amir Temurga bag‘ishlangan oy sifatida nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 690 yillik yubiley munosabati bilan tasdiqlangan dasturda belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish ishlari muntazam asosda olib boriladi. Aprel oyida har yili ilmiy, madaniy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

9–10 aprel kunlari xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etiladi. Unda Temuriylar davridagi davlat boshqaruvi, harbiy tizim va huquqiy qarashlarga bag‘ishlangan “Temur tuzuklari” yetti tilga tarjima qilinib, nashr etilishi rejalashtirilgan.

Tarjimalar orasida xitoy va ispan tillari ham bor.

Toshkent shahar hokimligiga yil oxirigacha Temuriylar tarixi davlat muzeyining binosini to‘liq yangilash va ekspozitsiyani raqamlashtirish vazifasi yuklatildi. Muzey zamonaviy texnologiyalar asosida qayta jihozlanadi.

Shuningdek, Temuriylar sulolasi tarixini xorijda faol targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan. Mart oyidan boshlab boshqa mamlakatlarda ko‘rgazmalar va taqdimotlar o‘tkaziladi. Maqsad jahon ilmiy muhitida “Buyuk Temuriylar” atamasini mustahkamlashdan iborat.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.