Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-dekabr oylari davomida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1,05 kvadrillion so‘mni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich, noformal va yashirin iqtisodiyotni hisobga olgan holda, 2024 yilning shu davriga nisbatan 14,7 foizga oshdi.
Xizmatlar bozorining hajmi so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘sdi. 2025 yilda bu ko‘rsatkich 1 050,3 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda 840,1 trillion so‘m, 2023 yilda 664,8 trillion so‘m, 2022 yilda esa 509,6 trillion so‘m bo‘lgan. Bu O‘zbekistonda xizmatlar bozorining rivojlanishi va iqtisodiyotning yuksalishini ko‘rsatadi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2025-yilda 20,7% ga o‘sgani haqida yozgan edi.

