Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 474,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Ularning 403,8 ming tasi, ya’ni qariyb 85 foizi kichik korxona va mikrofirma hisoblanadi. Bu iqtisodiyotda kichik biznesning yetakchi o‘rinni egallayotganini ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda faol korxonalar sonida o‘zgarishlar kuzatilgan. 2022-yil boshida mamlakatda 528,9 mingta korxona qayd etilgan. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 592,4 mingtaga yetgan. 2024-yilda esa faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 485 mingtagacha kamaygan.
2025-yil 1-yanvar holatiga 424,8 mingta korxona faol bo‘lgan. 2026-yil boshiga kelib esa bu ko‘rsatkich yana o‘sib, 474,9 mingtaga yetdi.
Qaynoq24.uz metallurgiya sanoati hajmi 206,9 trln so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.

