O‘zbekistonda geografik ko‘rsatkichlar tizimini rivojlantirish uchun “oriGIn Uzbekistan” tashkil etiladi

Foto: Britannica
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda geografik ko‘rsatkichlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangi bosqich boshlangan bo‘lib, shu maqsadda “oriGIn Uzbekistan” nomli muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tuziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi tuzilma milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlar qiymatini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tashkilotning faoliyati geografik ko‘rsatkichlarga ega mahsulotlar bozorini shakllantirish va uni xalqaro standartlarga mos ravishda boshqarishga yo‘naltiriladi. “oriGIn Uzbekistan” mahalliy ishlab chiqaruvchilarga geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi, mahsulotlarni targ‘ib qilish jarayonida ham ularning ishonchli hamkoriga aylanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu muassasa O‘zbekistonning geografik ko‘rsatkichlar tizimini rivojlantirishda xalqaro tashkilotlar, xususan “oriGIn Global” bilan o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Bu esa milliy mahsulotlarning jahon bozorida tan olinishini kengaytirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Qaynoq24.uz qishloq xo‘jaligi subyektlariga sotilgan paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratilioshi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.