“Oilа va gender” ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda jami 926,4 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan.
Yuqoridagi ko‘rsatkich har kuni o‘rtacha 2 531 nafar, har soatda 105 nafar va har daqiqada 2 nafar bola tug‘ilganini bildiradi. Ya’ni, har 34 soniyada bir chaqaloq dunyoga kelgan.

Qiyos uchun, Qozog‘istonda har daqiqada 0,6, Tojikistonda 0,5, Qirg‘izistonda 0,3, Turkiyada 3, Germaniya va Fransiyada 1,4, Xitoyda 17,1, Hindistonda esa 43,6 nafar bola dunyoga keladi.
Mazkur raqamlar O‘zbekiston aholisi soni barqaror o‘sishda davom etayotganini va tug‘ilish darajasi mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri ekanini ko‘rsatadi.

