O‘zbekistonda maktablar soni 11 mingdan oshdi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (maktablar) soni 11 118 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025–2026 o‘quv yili boshida mamlakatdagi maktablar soni o‘tgan yilga nisbatan 175 taga oshgan. Eng ko‘p maktablar Samarqand viloyatida bo‘lib, u yerda 1 350 ta ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 1 294 ta, Farg‘ona viloyatida esa 1 119 ta maktab mavjud.

Surxondaryo viloyatida maktablar soni 1 003 tani tashkil etadi. Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 935 ta, Andijon viloyatida 834 ta va Namangan viloyatida 783 taga teng. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 771 ta maktab faoliyat yuritmoqda.

Buxoro viloyatida 596 ta, Jizzax viloyatida 598 ta va Xorazm viloyatida 600 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bor. Navoiy viloyatida 387 ta, Sirdaryo viloyatida 345 ta maktab qayd etilgan. Toshkent shahrida esa 503 ta maktab faoliyat yuritmoqda.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda xizmatlar bozori 168,2 trln so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.