O‘zbekistonda ovchilik sohasi takomillashtiriladi

Foto: The Coutts Agency
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda ovchilik va ovchilik xo‘jaligi sohasini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Qayd etilishicha, hujjat ovchilikni amalga oshirish tartibini tizimlashtirish, ovchilarni tayyorlash mexanizmlarini yangilash va yovvoyi hayvonlarni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan. Shuningdek, ovchilik xo‘jaliklarida biologik xilma-xillikni saqlash, hayvonlar populyatsiyasini ko‘paytirish va ovchilik turizmi infratuzilmasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida “Qurol to‘g‘risida”gi va “Ovchilik va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan. Xususan, ovchilik jarayonlarining shaffofligini oshirish maqsadida ovchilik yo‘llanmalari maxsus elektron tizim orqali berilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu yo‘llanmalar mavsumiy yoki bir martalik ov qilish huquqini beradi.

Bundan tashqari, pitomniklarda yetishtirilgan yovvoyi hayvonlarni ovchilik hududlariga chiqarish amaliyoti qo‘llab-quvvatlanadi hamda aynan shu hayvonlar hisobidan ov tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu bir vaqtning o‘zida ovni amalga oshirish va yovvoyi hayvonlar sonini ko‘paytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Hujjatda ov faqat ovchilik xo‘jaliklariga biriktirilgan maxsus hududlarda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Deputatlar ushbu chora-tadbirlar hayvonot dunyosini muhofaza qilishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga va ovchilik madaniyatini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Qaynoq24.uz Pirotexnika buyumlari muomalasi qonun bilan tartibga solingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.