O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 1 199 taga yetdi

Foto: Akorda.kz
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2025-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, mamlakatda Qozog‘iston kapitali ishtirokida jami 1 199 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu korxonalar asosan savdo sohasida to‘plangan. Mazkur yo‘nalishda 492 ta korxona ishlamoqda. Sanoat tarmog‘ida 129 ta, axborot va aloqa sohasida esa 127 ta qo‘shma korxona ro‘yxatga olingan.

Shuningdek, qurilish sohasida 82 ta, tashish va saqlash yo‘nalishida 33 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 39 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida esa 13 ta korxona mavjud.

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida 21 ta korxona ishlayotgan bo‘lsa, boshqa turdagi faoliyat yo‘nalishlariga to‘g‘ri keluvchi korxonalar soni 263 tani tashkil etgan.

Qaynoq24.uz Qozog‘istonda ayol TikTok’dagi chiqishlari uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.