O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 150 trillion so‘mdan oshdi

Foto: DHL
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2025-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan transport xizmatlari hajmi 150,8 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, transport xizmatlari umumiy bozor xizmatlari hajmida muhim o‘rin egallab, uning 18,4 foizini tashkil etgan. Bu transport sohasida iqtisodiy faollikning izchil o‘sib borayotganidan dalolat beradi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, poytaxtda transport xizmatlari hajmi 33,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, Samarqand viloyati 11,5 trillion so‘m, Toshkent viloyati 10,9 trillion so‘m, Farg‘ona viloyati esa 8,9 trillion so‘mlik ko‘rsatkich bilan yetakchi hududlar qatoridan joy olgan.

Andijon viloyatida transport xizmatlari hajmi 7,1 trillion so‘mni, Buxoro viloyatida 6,2 trillion so‘mni, Qashqadaryo viloyatida 6,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Namangan viloyatida bu ko‘rsatkich 5,3 trillion so‘mga, Xorazm viloyatida esa 5 trillion so‘mga yetgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida transport xizmatlari hajmi 3,9 trillion so‘mni, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 3,1 trillion so‘mdan qayd etilgan. Jizzax viloyatida 2,2 trillion so‘mlik, Sirdaryo viloyatida esa 1,2 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda 318 mingdan ortiq MChJ faoliyat yuritayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.