“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli barcha vokzal, stansiya va razyezdlarning nomlari davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, barcha yozuv va yo‘lko‘rsatkichlar o‘zbek tilida, lotin alifbosida yoziladi. Bu o‘zgarish respublika bo‘yicha jami 320 ta obyektni qamrab oladi.

Loyihaning bajarilishi uchun mas’ul etib O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov hamda transport vaziri Ilhom Mahkamov belgilangan.
Tashabbusning maqsadi — davlat tilining nufuzini oshirish, temir yo‘l infratuzilmasida yagona til me’yorlarini joriy etish hamda xorijiy sayyohlar uchun tushunarli navigatsiyani yaratishdan iborat.

