O‘zbekistonda xizmatlar bozori 168,2 trln so‘mdan oshdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–fevral oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 168,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 % ga oshgan. 2025-yilning shu davrida xizmatlar bozori hajmi 138 trln so‘m bo‘lgan edi. 2024-yilda esa bu raqam 109,6 trln so‘mni tashkil etgan.

So‘nggi uch yil natijalari xizmatlar sektorida barqaror o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda. Bozor hajmining oshishi iqtisodiy faollik va xizmatlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini anglatadi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda har to‘rtinchi korxona savdo sohasida ishlashi haqida yozgan edi.

Tahlillarga ko‘ra, eng katta ulush savdo sohasiga tegishli. Ushbu yo‘nalishda 156 mingdan ortiq korxona ishlamoqda. Bu umumiy ko‘rsatkichning qariyb to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi turibdi. Ushbu sohada 127 mingdan ortiq subyekt faoliyat yuritmoqda. Sanoat esa 61 mingdan ziyod korxona bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Qurilish va yashash hamda ovqatlanish xizmatlari sohalarida ham faoliyat yuqori. Har ikkala yo‘nalishda 31 mingdan ortiq korxona mavjud. Transport va saqlash xizmatlarida 17 mingdan ortiq, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda esa 14 mingdan ziyod tashkilot ishlamoqda. Axborot va aloqa sohasi 12 mingdan ortiq korxona bilan nisbatan kichik ulushga ega.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.