O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha faoliyatlar endi litsenziya asosida amalga oshiriladi. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Yangi tartibga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq ayrim faoliyatlar endilikda litsenziyalanadigan faoliyatlar ro‘yxatiga kiritildi.
Yangi talablarga binoan, yong‘inni avtomatik tarzda o‘chiruvchi uskunalarni o‘rnatish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faqat litsenziya asosida bajariladi. Shuningdek, yong‘in signalizatsiyasi uskunalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ham litsenziyalash tartibiga o‘tkazildi.

Avval bunday faoliyatlar xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan edi. Endilikda esa jarayon to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat yoki tranzit yuklarni tashish bilan bog‘liq bir martalik harakatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomalarni olishda ushbu shaxslarning O‘zbekistonda doimiy muassasa ochishi shart bo‘lmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 3 oy o‘tib kuchga kiradi.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda qurilishda nazorat va monitoring mexanizmlari kuchaytirilishi haqida yozgan edi.

