O‘zbekistondagi biznes: 2025-yilda kim nimadan daromad topmoqda

Foto: Ochiq manba
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston iqtisodiyotida savdo sohasi hanuz eng faol va daromadli yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-oktabr holatiga mamlakatda 460,3 mingta faol korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda, ularning 84,8 foizini kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etadi.

Eng ko‘p korxona savdo yo‘nalishida ishlaydi — 149,5 mingta kompaniya, bu umumiy sonning 32,5 foiziga teng. Shunday qilib, har uchta korxonadan biri aynan savdo bilan shug‘ullanmoqda.

Ikkinchi o‘rinda sanoat sohasi joylashgan bo‘lib, u barcha faol korxonalarning 12,6 foizini tashkil qiladi. Uchinchi o‘rinni esa qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi egallab, 7,2 foizlik ulush bilan qayd etilgan.

Shuningdek, turizm va ovqatlanish xizmatlari sohasida 29,3 mingta, qurilish yo‘nalishida esa 29,1 mingta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Qirg‘iziston suvi importi oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.