Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga 8 ta xorijiy davlatdan banan olib kelingan. Import hajmi 161,4 ming tonnani tashkil etgan. Uning umumiy qiymati 54,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Banan importida Ekvador asosiy yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda. Ushbu mamlakatdan 145,9 ming tonna banan keltirilgan. Bu umumiy import hajmining 90 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rinda 13,9 ming tonna bilan Xitoy qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston, Turkiya va Qirg‘iziston egallagan. Qozog‘istondan 565,8 tonna, Turkiyadan 384,9 tonna, Qirg‘izistondan esa 337,3 tonna banan import qilingan.
Shu bilan birga, banan importi geografiyasi qisqargani qayd etildi. 2024 yilning 11 oyida O‘zbekistonga 12 ta davlatdan banan olib kelingan edi.
Qaynoq24.uz xorijiy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritayotgani haqida yozgan edi.

