O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda: maosh 2,4 ming yevro

Foto: EIU
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda. Maosh 2 240–2 400 yevroni tashkil etadi.

Taklif etilayotgan dastur 8 oy davom etadigan mehnat faoliyatini o‘z ichiga oladi. Nomzodlar haftasiga besh kun, kuniga sakkiz soat ishlaydi. Mehnat uchun soatbay to‘lov 14–16 yevro miqdorida belgilangan.

Vakansiyalar ikki yo‘nalishda ochilgan: qurilish kasblari bo‘yicha yigirma nafar ishchi va mehmonxonalar tozalash bo‘limi uchun yana yigirma nafar xodim talab etiladi. Dasturda 18–38 yoshdagi erkak va ayollar qatnashishi mumkin. Nomzoddan nemis, ingliz yoki rus tillaridan birida erkin muloqot qila olish talab etiladi. Oziq-ovqat va turarjoy xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi, bu oyiga taxminan 500–600 yevroga tushadi. Shuningdek, aviabilet va viza xarajatlari ham nomzod zimmasida bo‘ladi, biroq ish beruvchi bilan shartnoma imzolangach, Migratsiya agentligi bu xarajatlarning bir qismini qoplab beradi.

World Bridge agentligi nomzodlarga bepul maslahat berish, hujjatlarni rasmiylashtirish va ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzish jarayonida ko‘maklashadi. Safar tashkiloti ham agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi. Har bir ishtiyoqmand “Xorijda ish” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Qurilish va tozalash yo‘nalishlari uchun maxsus havolalar berilgan.

Agentlik bilan bog‘lanish uchun +998 (99) 588-33-22 yoki +998 (99) 566-88-44 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Elektron pochta manzili info@worldbridge.uz. Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sitorai Mohi Xosa MFY, G‘ijduvon ko‘chasi, 252-uy.

Qaynoq24.uz haydovchilar Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.