O‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarni ko‘proq tanlamoqda

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish uchun xorijiy davlatlarga safar qilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 6,7 ming nafarga yoki 19,3 foizga kamaygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar ta’lim olish uchun eng ko‘p Rossiyaga borgan bo‘lib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha 6 235 nafar fuqaro qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (5 943 nafar) va Qirg‘iziston (4 219 nafar) joy olgan.

Shuningdek, Janubiy Koreyaga 3 410 nafar, Turkiyaga 2 381 nafar, Xitoyga 1 231 nafar hamda Qozog‘istonga 1 074 nafar o‘zbekistonlik ta’lim olish uchun yo‘l olgan.

Yevropa va Amerika yo‘nalishlari bo‘yicha esa Buyuk Britaniyaga 870 nafar, Germaniyaga 384 nafar va AQShga 333 nafar fuqaro o‘qish maqsadida borgan.

Qaynoq24.uz AQSh kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qanchalaigi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.