2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 13,9 milliard dollarga (20,7%) ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Joriy yilda eksport hajmi 33,8 milliard dollarga yetib, 24% o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi. Import esa 47,4 milliard dollarni tashkil etib, 18,5% o‘sdi.
O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori Xitoy bo‘lib, uning ulushi 21,2% (17,2 milliard dollar)ni tashkil etdi. Rossiya 13 milliard dollar bilan ikkinchi o‘rinda, uning ulushi 16% ni tashkil qiladi. Qozog‘iston esa 5 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda, keyingi o‘rinlarda esa Turkiya (3 milliard dollar) va Janubiy Koreya (1,7 milliard dollar) joylashgan.
Shuningdek, Afg‘oniston bilan savdo hajmi 2024-yildagi 1,1 milliard dollardan 1,7 milliard dollarga ko‘tarildi.
O‘zbekiston 2025-yilda 210 mamlakat bilan savdo qilgan bo‘lib, uning yarmidan ko‘pi beshta asosiy savdo hamkoriga to‘g‘ri keladi.
Qaynoq24.uz O‘zbekiston 24 ta davlatga 8,7 mln dollarlik shokolad eksport qilgani haqida yozgan edi.

