O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72 milliard dollardan oshdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 milliard dollarga yoki 21,8 foizga oshgan.

Hisobot davrida tashqi savdo tarkibida eksport hajmi 30,9 milliard AQSh dollariga yetdi. Eksport ko‘rsatkichi bir yil ichida 26,2 foizga o‘sgan. Import hajmi esa 41,9 milliard AQSh dollarini tashkil etib, o‘sish sur’ati 18,7 foizni qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hozirda dunyoning 210 ta davlati bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelib, u 20,1 foizni tashkil etdi. Rossiya bilan savdo ulushi 16,2 foizga teng bo‘ldi. Qozog‘iston 6 foiz, Turkiya 3,7 foiz hamda Koreya Respublikasi 2,2 foiz bilan yetakchi savdo hamkorlari qatoridan joy oldi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qanchaligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.