«O‘zbekneftgaz» birjada benzin yetkazib berishni oshiradi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Respublikada metan zapravkalar faoliyati cheklangani fonida «O‘zbekneftgaz» birja savdolariga benzin yetkazib berish hajmini oshiradi. Bu haqda kompaniyaning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, avtomobil benzini bo‘yicha iste’mol talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan. Buning uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan. Hududlar kesimida yetarli hajmda yoqilg‘i zaxiralari shakllantirilgani qayd etildi.

Shuningdek, xususiy AYoQSh egalari narxlarni asossiz oshirmaslikka va benzinni to‘liq hajmda sotishga chaqirildi. Kompaniya avtomobillar uchun yoqilg‘i narxining sun’iy oshishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 19-yanvar kuni birja savdolariga jami 3,8 ming tonna benzin chiqarilgan. Ushbu hajmning 3,7 ming tonnasi AI-92, 190 tonnasi esa AI-91 markasiga to‘g‘ri kelgan. Savdo yakunlariga ko‘ra, birjada 3,4 ming tonnadan ortiq yoqilg‘i sotilgan.

Qaynoq24.uz metan “zapravkalar” faoliyatiga yana cheklov kiritilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.