Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda 128,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, bu hududda 24 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Hududlar kesimida Samarqand viloyati 17,3 trln so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Toshkent viloyatida esa ishlab chiqarish hajmi 17,2 trln so‘mni tashkil etgan. Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham oziq-ovqat sanoati hajmi 7–10 trln so‘m oralig‘ida bo‘lgan.
Nisbatan past ko‘rsatkichlar Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida qayd etilgan. Mutaxassislar yirik shaharlarda ishlab chiqarish infratuzilmasi va iste’mol bozori kengligi yuqori natijalarga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.
Qaynoq24.uz o‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarni ko‘proq tanlayotgani haqida yozgan edi.

